GEO-INFORMATSION TIZIMLAR (GIT) ORQALI KARTOGRAFIYA BO‘YICHA KOMPETENSIYALARNI MUSTAHKAMLASH METODIKASI




GEO-INFORMATSION TIZIMLAR (GIT) ORQALI KARTOGRAFIYA BO‘YICHA KOMPETENSIYALARNI MUSTAHKAMLASH METODIKASI


Mualliflar: Jololdinov Asror Toshtemirovich

Annotatsiya Ushbu maqola, geo-informatsion tizimlar (GIT) orqali kartografiya bo‘yicha kompetentsiyalarni mustahkamlash metodikasini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada GITning ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning kartografik ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati va zamonaviy pedagogik yondashuvlar keltiriladi hamda GIT yordamida talabalarga kartografiyaning nazariy asoslarini o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonlariga qaratilgan. Maqolada interaktiv o‘qitish usullari, vizualizatsiya texnologiyalari va muammoli vaziyatlarni yechish orqali talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada GIT platformalaridan foydalanish orqali kartografik ma’lumotlarni yaratuvchi va tahlil qiluvchi kompetentsiyalarni shakllantirishning samaradorligi isbotlanadi. O‘qituvchilar uchun tavsiya etilgan metodologiyalar va amaliy mashg‘ulotlar taqdim etiladi, bu esa pedagogik jarayonda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash imkonini beradi. Kalit so'zlar: Geo-informatsion tizimlar, kartografiya, kompetensiya, metodika, ma'lumotlar bazasi, raqamli texnologiyalar, xarita, tahlil, vizualizatsiya, ta'lim, innovatsiyalar, texnologiyalar.