TALABALARNING MANTIQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN ELEKTRON METODIK TA’MINOTNI TAKOMILLASHTIRISH




TALABALARNING MANTIQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN ELEKTRON METODIK TA’MINOTNI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar: Nafasov G‘anisher Abdurashidovich, Bahodirov Muzrob Doniyor o‘g‘li, Berdiqulov Azizbek Erkin oʻgʻli

Annotatsiya Ushbu maqolada XXI asr ta’limi oldiga qo‘yilgan yangi talablar — talabalarning mantiqiy fikrlashi, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va izchil tahlil yuritish kompetensiyalarini shakllantirish masalasi tahlil etiladi. An’anaviy metodik yondashuvlarning yetarli emasligi sababli, o‘quv jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni integratsiyalash, interaktiv va moslashuvchan elektron vositalar orqali mantiqiy kompetensiyani rivojlantirish dolzarb bo‘lib bormoqda. Maqolada “E-LogicComp” ilmiy modeli va “LogiLearn” raqamli platformasi asosida yaratilgan yangi metodik yechimlar bayon qilinib, ularning samaradorligi amaliy tajriba orqali asoslab beriladi. Ushbu yondashuvlar xalqaro miqyosda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan innovatsion uslubiy echimlar sirasiga kiradi. Kalit so'zlar: mantiqiy kompetensiya, elektron ta’lim, metodik ta’minot, raqamli platforma, interaktiv o‘qitish, innovatsion ta’lim.