INTELLEKTUAL YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TABIIY FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH




INTELLEKTUAL YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TABIIY FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH


Mualliflar: Ismanova Gulzoda Abduqodir qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada ta’lim jarayonida intellektual yondashuvning tabiiy fanlarga qiziqishni oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan bo’lib, intellektual yondashuvning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va kreativ qarorlar qabul qilishni rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘qituvchining o’rni va ahamiyati ham alohida ta’kidlanadi, chunki o‘qituvchining metodik mahorati va innovatsion yondashuvlari o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirish va qiziqishni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotlar va metodik yondashuvlarning tahlili o‘quvchilarning tabiiy fanlarga qiziqishini oshirishda intellektual yondashuvning samarali qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: intellektual yondashuv, boshlang‘ich sinf, tabiiy fanlar, qiziqish, mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv, kreativ qarorlar, savol-javob metodlari, muammoli o‘qitish, eksperimentlar, interaktiv metodlar, multimedia vositalari, pedagogik metodlar