BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KASBIY IDENTIFIKATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING AMALIYOTDAGI MUAMMOLARI
Mualliflar: Abdusamiyev Dilmurod Abdug’ani o’g’li
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy identifikatsiyasini rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan amaliy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o’qituvchilarning professional o’sishi, ta’lim tizimining zamonaviy talablariga javob berish va shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Maqolada metodologik yondashuvlar va psixologik qo’llab-quvvatlashning ahamiyati, shuningdek, o’qituvchilarga motivatsiya berish va ularning kasbiy identifikatsiyasini mustahkamlash bo’yicha ilg’or tajribalar va tavsiyalar keltirilgan. Natijalar ta’lim sifatini oshirish va o’qituvchilarning ish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqish zarurligini ko’rsatadi. Kalit so'zlar: kasbiy identifikatsiya, boshlang’ich sinf o’qituvchilari, professional rivojlanish, amaliy muammolar, ta’lim tizimi, kasbiy o’zini-o’zi rivojlantirish, modifikatsiya, refleksiya.