CHET TILLARINI O‘RGATISH CHOG’IDA BADIIY ADABIYOTLARNING AHAMIYATI




CHET TILLARINI O‘RGATISH CHOG’IDA BADIIY ADABIYOTLARNING AHAMIYATI


Mualliflar: Xodjayev Dilshod Xamidxonovich, Satarov Aleksandr Xoshimovich

Annotatsiya mazkur maqola chet tillarni o‘rganish jarayonida badiiy adabiyotlarning ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. O‘rganilayotgan tilning nafaqat grammatika va lug‘at boyligini, balki madaniy va axloqiy qadriyatlarni ham shakllantirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Chet tilini o‘rgatishda, ayniqsa, badiiy adabiyotlarning o‘quvchilarda estetik, axloqiy va ma’naviy rivojlanishga ta’siri katta. Maqolada badiiy asarlarni mutola qilish, ularni tahlil qilish va o‘quvchilarni axloqiy qadriyatlar bilan tanishtirishning muhimligi ko‘rsatilib o’tilgan. Kalit so'zlar: axloqiy qadriyatlar, estetik rivojlanish, lingvistik kompetensiya, tarbiyaviy vazifalar, mustaqil fikrlash, zamonaviy texnologiyalar, ko’nikma.