SUN’IY INTELLEKTNING TARIXIY ILDIZLARI, EVOLYUTSIYASI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mualliflar: Madraximov Azamat Adilovich
Annotatsiya Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyasining tarixiy ildizlari, evolyutsiyasi hamda rivojlanish bosqichlari chuqur tahlil etilgan. SI tushunchasi ilk bor XX asr o'rtalarida shakllangan bo‘lib, u dastlab matematik mantiq, informatika va neyrofiziologiyaga asoslangan nazariy izlanishlar sifatida paydo bo‘lgan. Maqolada SI ning rivojlanishida muhim bo‘lgan bosqichlar - klassik SI (1950-1970-yillar), bilimlar asosidagi tizimlar (1980-yillar), mashinali o‘rganish (2000-yillar), va chuqur o‘rganish (2010-yillardan hozirgi kungacha) bosqichlari tarixiy voqealar va texnologik yutuqlar bilan bog‘liq holda bayon etiladi. Har bir bosqichda yuzaga kelgan yondashuvlar, texnologiyalar, va muammolar tahlil qilinib, ularning amaliyotga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada SI ning hozirgi kundagi o‘rni, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi ahamiyati ta’kidlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi - SI texnologiyalarining qanday qilib inson faoliyatining muhim qismiga aylangani hamda uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini tahlil qilishdan iborat. Maqola SI sohasiga qiziqqan tadqiqotchilar, talaba va mutaxassislar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: tadqiqot, progress, intellekt, dastur