KURASHDA EGILUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISH: YOSH SPORTCHILAR DUCH KELADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING OLDINI OLISH YO‘LLARI
Mualliflar: Mirjamalov Mexriddin Xayriddinovich , Nasimjonov Nodirbek Nozim o’g’li
Annotatsiya Ushbu maqolada kurash sportida yosh sportchilarning egiluvchanlik sifatini rivojlantirish jarayonida uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Egiluvchanlik kurash texnikasi va harakat koordinatsiyasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Biroq, noto‘g‘ri mashg‘ulot usullari, yaroqsiz jismoniy holat yoki yetarli pedagogik yondashuvlarning yo‘qligi ushbu sifatni rivojlantirishda qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Kalit so'zlar: kurash, egiluvchanlik, yosh sportchilar, jismoniy tarbiya, mashg‘ulot metodikasi, muammolar, yechimlar, sport fiziologiyasi, pedagogik yondashuv.