4-SINF O‘QUVCHILARINI FAOLLIGINI OSHIRISHDA JISMONIY DAQIQALARNING SAMARADORLIGI
Mualliflar: Nafasov G‘anisher Abdurashidovich, Xo‘janova Maftuna Usmonqulovna
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida, xususan 4-sinf o‘quvchilarining dars jarayonidagi faolligini oshirishda jismoniy daqiqalarning o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Zamonaviy ta’lim metodlariga asoslangan holda, tanaffuslar orasidagi jismoniy faollik mashqlari o‘quvchilarning kognitiv faolligini, e’tibor va xotira jarayonlarini faollashtirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada bu mashqlarni samarali tashkil etish usullari, ularning fiziologik va psixologik foydalari tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, jismoniy daqiqalar, o‘quvchilar faolligi, psixofiziologik holat, interfaol metodlar, sog‘lomlashtirish texnologiyalari.