KURASHCHILARDA TEZKOR-KUCH KO‘RSATKICHLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Mualliflar: Azizov Sabitxan Valiyevich, Xamidjonov Abdunazar Usubjon o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqolada kurashchilarning tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan asosiy usullar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tezkor-kuch – bu qisqa vaqt ichida maksimal kuch hosil qilish qobiliyati bo‘lib, u kurash sportida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda tezkor-kuch ko‘rsatkichlarini oshirishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar, plyometrik treninglar, izometrik mashqlar hamda biomexanik texnologiyalarning ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning portlovchi kuch va harakat dinamikasini optimallashtirishga qaratilgan mashg‘ulot metodikalariga e’tibor qaratilgan. Kalit so'zlar: tezkor-kuch, nisbiy kuch, maksimal kuch, mashg‘ulot dasturlari, jismoniy tayyorgarlik, kuch ko‘rsatkichlari.