TEXNOLOGIYA TALIMI О‘QITUVCHISIGA QО‘YILADIGAN SHAXSIY VA KASBIY KOMPETENTLIGI KVALIFIKATSION TALABLARI




TEXNOLOGIYA TALIMI О‘QITUVCHISIGA QО‘YILADIGAN SHAXSIY VA KASBIY KOMPETENTLIGI KVALIFIKATSION TALABLARI


Mualliflar: Abdullayev Safibullo Xabibullayevich, Uluxanov Ibroxim Tuxtaxo’jayevich, Tursunov Farkhod Ermakbaevich

Annotatsiya Ushbu maqola texnologiya ta’limi o‘qituvchisiga qo‘yiladigan shaxsiy va kasbiy kompetentlik kvalifikatsion talablarini tahlil qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida texnologiya o‘qituvchisi nafaqat o‘z fanini chuqur bilishi, balki pedagogik mahorat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va ijodkorlikka yo‘naltirish kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi lozim. Maqolada o‘qituvchining shaxsiy sifatlari, pedagogik qobiliyati, kasbiy bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, ularning zamonaviy talablarga mosligi masalalari yoritib beriladi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ularni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham keltirilgan. Kalit so'zlar: muammoli vaziyat,kasbiy fazilat, maxsus qobiliyat, kreativlik, tafakkur.