YOSH FIZIOLOGIYASI FANINI O‘QITISHDA AMALIY TAJRIBALARNI INTEGRATSIYALASH




YOSH FIZIOLOGIYASI FANINI O‘QITISHDA AMALIY TAJRIBALARNI INTEGRATSIYALASH


Mualliflar: Niyozov Qahramon Adashaliyevich, Pulatov Orifxon Rustamxon o‘g‘li

Annotatsiya Mazkur maqolada yosh fiziologiyasi fanini o‘qitishda amaliy tajribalarni integratsiyalash jarayonining talabalarga ta’siri va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Amaliy mashg‘ulotlarning nazariy bilimlarni mustahkamlashda tutgan o‘rni va talabalarning fan bo‘yicha qiziqishini oshirishdagi roli muhokama qilinadi. Shuningdek, eksperimental metodlarni ta’lim jarayoniga qo‘shish orqali talabalarning analitik va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot davomida yosh fiziologiyasi fanida amaliy tajribalarni joriy etish usullari va ularning samaradorligi tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, amaliy tajribalar orqali talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar yanada mustahkam bo‘lib, ularning mustaqil ilmiy-tadqiqot olib borish malakalari ham shakllanadi. Kalit so'zlar: yosh fiziologiyasi, amaliy tajribalar, eksperimental metod, integratsiya, pedagogik samaradorlik, ta’lim jarayoni, ilmiy tadqiqot, yosh organizmlar, o‘quv metodlari, ko‘nikmalarni rivojlantirish, mustaqil o‘rganish, ta’lim samaradorligi, talabalarning motivatsiyasi, pedagogik innovatsiyalar.