O’GIR ATLETIKADA YOSH SPORTCHILARDA MASHQ TEXNIKASINI O'RGATISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Mualliflar: Азизова Рушен Исмаиловна, Разыкова Динара Акрамовна
Annotatsiya Maqolada yosh sportchilarga og'ir atletika mashqlarini o'rgatishning zamonaviy metodikalari ko'rib chiqiladi. Tayyorlashning asosiy bosqichlari, pedagogik prinsiplari, shuningdek, trening jarayonida innovatsion texnologiyalarning qo'llanilishi tahlil qilinadi. Harakatlarning biomexanik jihatlari, texnikani nazorat qilish va tuzatish vositalariga alohida e'tibor qaratilgan. Yosh og'ir atletlarning yosh va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali trening jarayonini tashkil etish bo'yicha tavsiyalar taqdim etilgan. Yosh atletlarning yosh va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda trening jarayonini individalizatsiya qilish usullari tahlil qilingan. Jarohatlar profilaktikasining ahamiyati va xavfsiz hamda samarali o'quv jarayonini ta'minlash uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish ta'kidlangan. Taqdim etilgan yondashuvlar trening jarayonini optimallashtirish va sportchilarda mustahkam texnik asosni shakllantirishga qaratilgan. Kalit so'zlar: og'ir atletika, yosh sportchilar, mashq texnikasi, o'rgatish metodikasi, sport tayyorgarligi, individualizatsiya usullari, ta'lim metodikasi, sport tayyorgarligi, Innovatsion texnologiyalar.