TURKIY XALQLAR MILLIY O‘YINLARINING MAZMUN VA MOHIYATI




TURKIY XALQLAR MILLIY O‘YINLARINING MAZMUN VA MOHIYATI


Mualliflar: Talipjonov Alijon Akramovich

Annotatsiya Ushbu maqola Turkiy xalqlarning an'anaviy o‘yinlarining pedagogik jihatlarini tahlil qiladi. Milliy o‘yinlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lib, yosh avlodni jismoniy, ma'naviy va intellektual rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Maqolada an'anaviy o‘yinlarni ta'lim tizimiga integratsiya qilishning ahamiyati, ularning globalizatsiya davrida saqlanishi, raqamlashtirilishi va yoshlar orasida ommalashishi bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan. Shuningdek, milliy o‘yinlarning pedagogik xususiyatlari, jismoniy va ijtimoiy tarbiya uchun foydasi hamda ta'lim tizimiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan innovatsion usullar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Kalit so'zlar: Turkiy xalqlar, an'anaviy o‘yinlar, pedagogik tarbiya, jismoniy tarbiya, milliy o‘yinlar, madaniyat.