“FILOLOGIK TADQIQOTLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR:IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA KELAJAK STRATEGIYALARI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplami 2026-yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi PF-5847-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yundagi Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida PQ-289-son Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar toʻgʻrisidagi 11-sonli buyrugʻida belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida – “FILOLOGIK TADQIQOTLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR:IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA KELAJAK STRATEGIYALARI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Konferensiya materiallaridan pedagoglar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrlar, doktorantlar va professor-oʻqituvchilar foydalanishi mumkin.
