"Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari" ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil 1-soni
“Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnali Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan davriy elektron nashr sifatida chop etiladi. Jurnalning 2025-yil 1-soni NamDPI Ilmiy-texnikaviy Kengashining 2025-yil 11-martdagi 3-sonli kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilinib, ilmiy toʻplam sifatida chop etishga ruxsat etilgan (Bayonnoma № 3). Maqolalarning ilmiy saviyasi va keltirilgan maʼlumotlar uchun mualliflar javobgar hisoblanadi.
