SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI ADAPTIV TA’LIM MUHITI ORQALI BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada sun’iy intellekt asosidagi adaptiv ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish strategiyalarini takomillashtirish hamda individual ta’lim trayektoriyalarini yaratish imkoniyatlari yoritilgan. Adaptiv ta’lim muhiti talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini diagnostika qilish, o‘quv faoliyatini monitoring qilish va ta’lim mazmunini individual ehtiyojlarga moslashtirishda muhim vosita sifatida baholanadi. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning raqamli kompetensiyasi, refleksiv faoliyati, innovatsion fikrlashi va kasbiy moslashuvchanligini rivojlantirish mexanizmlari asoslab beriladi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, adaptiv ta’lim muhiti, kasbiy kompetensiya, bo‘lajak pedagog, raqamli pedagogika, individual ta’lim trayektoriyasi, ta’lim texnologiyalari, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion faoliyat, pedagogik ta’lim.
