MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA YANGI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING JAMOA BO‘LIB KUYLASH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqoladada musiqa madaniyati darslarida yangi innovatsion yondashuvlar asosida o‘quvchilarning jamoa bo‘lib kuylash faoliyatini shakllantirish metodlarini ilmiy-pedagogik jihatdan tadqiq etilgan. Maqolada jamoaviy kuylash faoliyatining nazariy asoslari, uning o‘quvchilarning musiqiy-estetik, ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya vositalari hamda innovatsion ta’lim yondashuvlari asosida jamoa bo‘lib kuylash faoliyatini tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, maqolada xor mashg‘ulotlarini innovatsion metodlar yordamida tashkil etish, o‘quvchilar orasida musiqiy jamoaviylik ruhini shakllantirish va o‘qituvchi faoliyatida yangi texnologiyalardan foydalanish tajribasi asosida ilmiy xulosalar berilgan. Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, jamoa bo‘lib kuylash, innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar, innovatsiyon va kompetensiyaviy yondashuv, musiqa ta’limi, pedagogik va raqamli texnologiyalar, musiqiy faoliyat.
