DINIY VA DUNYOVIY MADANIYAT DIALEKTIKASINING SHAXS, JAMIYAT VA DAVLATNING MILLIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada diniy va dunyoviy madaniyat dialektikasining shaxs, jamiyat hamda davlat milliy xavfsizligini ta’minlashdagi nazariy-metodologik, ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-mafkuraviy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda diniy qadriyatlarning axloqiy-me’yoriy salohiyati, dunyoviy madaniyatning huquqiy-ratsional tartibga solish imkoniyatlari hamda ularning uyg‘unligi jamiyat barqarorligi, fuqarolik birdamligi, ma’naviy immunitet, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglikni mustahkamlovchi omil sifatida asoslanadi. Maqolada diniy va dunyoviylik qarama-qarshi qutblar sifatida emas, balki milliy xavfsizlik tizimining komplementar madaniy resurslari sifatida talqin etiladi. Kalit so'zlar: diniy madaniyat, dunyoviy madaniyat, dialektika, milliy xavfsizlik, shaxs xavfsizligi, jamiyat barqarorligi, davlat xavfsizligi, ma’naviy immunitet, bag‘rikenglik, fuqarolik madaniyati.
