IJTIMOIY DAVLATDA DINIY TA’LIM VA VIJDON ERKINLIGINI TA’MINLASHNING ILMIY-KONSEPTUAL TAHLILI




IJTIMOIY DAVLATDA DINIY TA’LIM VA VIJDON ERKINLIGINI TA’MINLASHNING ILMIY-KONSEPTUAL TAHLILI


Mualliflar:
Abdullayev Azimjon Ashurvoy o‘g‘li


Annotatsiya Ushbu maqolada ijtimoiy davlat sharoitida diniy ta’lim, vijdon erkinligi, dunyoviylik, huquqiy kafolat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat ilmiy-konseptual jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda vijdon erkinligi faqat shaxsning muayyan dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslik huquqi sifatida emas, balki inson qadrini e’tirof etuvchi, ijtimoiy adolatni ta’minlovchi, ma’naviy ehtiyojlar va huquqiy tartib o‘rtasida muvozanat yaratadigan kompleks konstitutsiyaviy qadriyat sifatida talqin qilinadi. Maqolada diniy ta’limning ijtimoiy-ma’rifiy vazifasi, uning dunyoviy ta’lim tizimi bilan chegaradosh nuqtalari, diniy savodxonlikni oshirish va mutaassiblikning oldini olishdagi funksional ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi ijtimoiy, huquqiy va dunyoviy davlat tamoyillari uyg‘unligida tahlil qilinib, diniy ta’lim va vijdon erkinligini ta’minlashda normativ tartib, ma’rifiy siyosat, tolerantlik madaniyati hamda institutsional hamkorlikning metodologik ahamiyati asoslanadi. Kalit so'zlar: ijtimoiy davlat, diniy ta’lim, vijdon erkinligi, dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, huquqiy kafolat, fuqarolik jamiyati, ma’rifiy siyosat, konfessiyalararo totuvlik.