BOSHLANG'ICH TA'LIM TALABALARINING IJODIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH SHAKLLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining ijodiy faoliyatini shakllantirishning pedagogik shakllari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda talabalarning ijodiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilishi, innovatsion g‘oyalarni ilgari surishi hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali ta’lim shakllari yoritilgan. Shuningdek, loyiha faoliyati, muammoli ta’lim, interfaol metodlar, amaliy mashg‘ulotlar va hamkorlikdagi o‘qitish texnologiyalarining ijodiy faoliyatni rivojlantirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ salohiyatini oshirish hamda ta’lim sifatini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, talaba, ijodiy faoliyat, kreativlik, pedagogik shakllar, interfaol metodlar, loyiha faoliyati, muammoli ta’lim, kasbiy kompetensiya, innovatsion yondashuv, hamkorlikda o‘qitish, mustaqil fikrlash.
