BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasb hunarga yo‘naltirish jarayonining pedagogik va psixologik jihatlarini yoritadi. Tadqiqotda bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, individual qobiliyatlari va psixologik rivojlanish darajasi kasb tanlashdagi muhim omillar sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, boshlang‘ich taʼlim bosqichida kasbga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik yondashuvlar hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada o‘quvchilarda mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirish, kasblar haqidagi dastlabki tasavvurlarni kengaytirish, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik shart sharoitlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘qituvchi, ota ona va ijtimoiy muhitning hamkorligi kasbga yo‘naltirish jarayonining samaradorligini oshiruvchi muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Olingan natijalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasb hunarga yo‘naltirishda tizimli, maqsadli va psixologik jihatdan asoslangan yondashuvni qo‘llash zarurligini tasdiqlaydi. Bunday yondashuv bolalarning kelajak kasbini ongli tanlashiga zamin yaratib, ularning shaxs sifatida rivojlanishiga xizmat qiladi. Taʼlim jarayonida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda interfaol metodlarni keng rivojlantirish, ota ona va jamiyat bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilar uchun maxsus metodik kurslar tashkil etish tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: Boshlang‘ich ta’lim, kasb-hunarga yo‘naltirish, pedagogik asoslar, psixologik xususiyatlar, o‘quvchi shaxsi, qiziqish va qobiliyat, motivatsiya, mehnat tarbiyasi, kasbiy tasavvur, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, ijtimoiy muhit, o‘qituvchi va ota-ona hamkorligi.
