BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV-DISKURSIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINING ASOSLARI




BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV-DISKURSIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINING ASOSLARI


Mualliflar:
Maxmudova Nodira Alisherovna


Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ-diskursiv madaniyati darajasini oshirish masalasi dolzarbligini ko‘rsatilgan. Nutq madaniyati umumiy inson madaniyatining bir qismi bo‘lib, insonning kasbiy shakllanishida va uning kommunikativ maqsadlarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bakalavr talabalarining nutq madaniyati darajasini oshirish institutda “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fanining o‘rganishning asosiy vazifalaridan biridir. Ma’lumki, madaniyatli nutq, ya’ni til vositalaridan o‘rinli foydalanish insonning umumiy madaniyati va aql-idrok darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Kelajakdagi pedagog o‘z fikr va g‘oyalarini muayyan nutqiy vaziyatga mos ravishda qanchalik aniq va to‘g‘ri ifoda eta olishiga qarab, aloqa jarayonining samaradorligi va kasbiy muloqotning muvaffaqiyati bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqola aynan madaniyatli nutq ko‘rsatkichlarini oshirish haqida tavsiyalar beradi. Kalit so'zlar: kommunikativ-diskursiv madaniyati, madaniyatli nutq, nutq, til vositalari, kasbiy muloqot.