OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI BAHOLASH VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI




OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI BAHOLASH VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI


Mualliflar:
Niyozmatov Elbek Rustamaliyevich


Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va uni rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Talabalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashda faqat yakuniy nazorat natijalariga tayanish yetarli emasligi, aksincha, tezkorlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni kompleks baholash zarurligi asoslab berilgan. Maqolada jismoniy tayyorgarlikni baholashning diagnostik, differensial va rivojlantiruvchi yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim sharoitida talabalar jismoniy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik model taklif etiladi. Kalit so'zlar: jismoniy tayyorgarlik, pedagogik baholash, jismoniy sifatlar, diagnostika, differensial yondashuv, monitoring.