10-14 YOSHLI SPORTCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA TEZKOR KUCHNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada 10-14 yoshli sportchilarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari hamda tezkor kuch sifatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Ushbu yosh davrida organizmning morfologik va funksional rivojlanishi jadal kechishi sababli mashg‘ulot yuklamalarini yosh, individual tayyorgarlik darajasi va tiklanish imkoniyatlariga mos rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Maqolada tezkor kuchni rivojlantirishda koordinatsiya, harakat tezligi, mushak kuchi, texnik tayyorgarlik, mashqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirish hamda murabbiy nazoratining o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.. Kalit so'zlar: 10-14 yoshli sportchilar, jismoniy rivojlanish, tezkor kuch, yosh xususiyatlari, mashg‘ulot yuklamasi, sport tayyorgarligi, koordinatsiya.
