TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING TEXNIK FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODLARI




TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING TEXNIK FIKRLASH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODLARI


Mualliflar:
Ibragimov Muslimbek Erkinjon o‘g‘li


Annotatsiya Ushbu maqolada texnologik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning texnik fikrlash kompetensiyasini shakllantirish metodlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi texnologik ta’lim mashg‘ulotlarida texnik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metodik yondashuvlar, didaktik shart-sharoitlar va amaliy faoliyat turlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy-pedagogik tahlil, modellashtirish, ilmiy-metodik manbalarni umumlashtirish va konseptual tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, texnik fikrlash kompetensiyasini shakllantirishda muammoli ta’lim, loyihaviy metod, amaliy-konstruktiv topshiriqlar, STEAM integratsiyasi, interaktiv metodlar va raqamli modellashtirish vositalaridan kompleks foydalanish yuqori samaradorlik beradi. Maqolada texnologik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar texnik fikrlashini shakllantirish metodlari tizimi asoslab beriladi. Kalit so'zlar: texnologik ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, texnik fikrlash, kompetensiya, shakllantirish metodlari, muammoli ta’lim, loyihaviy metod, STEAM, raqamli modellashtirish, amaliy faoliyat.