O‘QITUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI IJODIY YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini ijodiy yondashuv asosida rivojlantirishning samarali yo‘llari tahlil qilingan. Jumladan, muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, keys-metod (aniq vaziyatlarni tahlil qilish), novatorlik faoliyati hamda ishbilarmonlik va rolli o‘yinlar kabi metodlarning pedagogik imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi aqliy hujum, sinektika, morfologik tahlil, fokal obyektlar usuli, “oltita tafakkur shlyapalari” texnikasi, IVYN (ixtirochilik vazifalarini yechish nazariyasi) va boshqa innovatsion yondashuvlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish va takomillashtirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlarni kasbiy tayyorlash jarayonida ularning ijodiy hamda tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishga amaliy xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Muammoli ta’lim usuli, Loyihaviy faoliyat usuli, Keys usuli, Novator usuli, Ishbilarmonlik va rolli o‘yinlar usuli, aqliy hujum, sinektika, morfologik tahlil.
