TARIF REJALARIDA IJTIMOIY TARMOQLAR UCHUN CHEKSIZ INTERNETNI CHEKLASH ORQALI FOYDALANUVCHI FAOLLIGINI TARTIBGA SOLISH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada mobil tarif tizimlari va raqamli kommunikatsiya muhitida cheksiz internet paketlarining foydalanuvchi faolligiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha bog‘lanishning oldini olishda cheklov (limit) siyosatining samaradorligini baholash hamda uning foydalanuvchi xulq-atvoriga ta’sirini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot davomida xorijiy davlatlarning tajribalari, xususan Fair Usage Policy (FUP) tizimi va trafikni boshqarish usullari o‘rganildi. Shuningdek, statistik ma’lumotlar, foydalanuvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar va shaxsiy kuzatuvlar asosida internet tarif siyosatining afzallik va kamchiliklari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida tarif siyosatini optimallashtirish, tarmoq yuklamasini kamaytirish hamda foydalanuvchilar uchun sifatli internet xizmatlarini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.. Kalit so'zlar: mobil tarif tizimi, cheksiz internet, ijtimoiy tarmoq, foydalanuvchi xulq-atvori, optimallashtirish, raqamli qaramlik,Wi-Fi, oylik abonent toʻlovi.
