OLIY TA’LIMDA FALSAFA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’limda falsafa fanini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Falsafa fani talabalarda tanqidiy tafakkur, mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil qilish, bahs-munozara yuritish va ijtimoiy hodisalarga ongli munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli uni o‘qitishda an’anaviy ma’ruza usullari bilan bir qatorda interaktiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish zarur hisoblanadi. Maqolada bahs-munozara, aqliy hujum, keys-stadi, muammoli ta’lim, kichik guruhlarda ishlash, debat va klaster kabi metodlarning falsafa darslaridagi o‘rni yoritiladi. Kalit so'zlar: falsafa, interaktiv metod, tanqidiy tafakkur, muammoli ta’lim, debat, keys-stadi, aqliy hujum, pedagogik samaradorlik.
