YOSH GIMNASTIKACHILARDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALARNI QO‘LLASH ORQALI MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH | "Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2026-yil 3-soni

YOSH GIMNASTIKACHILARDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALARNI QO‘LLASH ORQALI MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH




YOSH GIMNASTIKACHILARDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALARNI QO‘LLASH ORQALI MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar:
Boriyev Abdulhamid Xoltora ugli


Annotatsiya Ushbu maqolada yosh gimnastikachilarning (10-12 yosh) o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini oqilona taqsimlash va zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash orqali ularning texnik tayyorgarlik darajasini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, test sinovlari (30 m yugurish, joydan uzunlikka sakrash, 6 daqiqalik yugurish, ilonsimon yugurish, oldinga egilish) va matematik-statistik usullar qo‘llanilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhida maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini qo‘llash va texnik vositalardan foydalanish hisobiga elementlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan 12-14% ga yaxshilangan, texnik tayyorgarlik darajasi bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymatlar 43% ga oshgan. Shuningdek, maqolada yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini (tezlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik) rivojlantirish va ularni sport mahoratiga tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilingan. Kalit so'zlar: gimnastika, maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik vositalar, yosh gimnastikachilar, texnik tayyorgarlik, jismoniy sifatlar.