O‘QUVCHILARNING TEXNOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY–FOYDALI LOYIHALARDAN FOYDALANISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada o‘quvchilarning texnologik madaniyatini shakllantirishda ijtimoiy–foydali loyihalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik kuzatish, so‘rovnoma, test, baholash rubrikasi hamda konstatatsiya, shakllantiruvchi va nazorat bosqichlaridan iborat pedagogik eksperiment loyihasi qo‘llandi. Natijada eksperimental guruhda yuqori daraja 18 foizdan 56 foizga oshgani, past daraja esa 48 foizdan 19 foizga kamaygani aniqlandi. Ijtimoiy–foydali loyihalar texnologik bilim, ko‘nikma, texnologik tafakkur, texnologik dunyoqarash va aksiologik munosabatni uyg‘un rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari “Texnologiya” darslarini mahalla, maktab va oila ehtiyojlari bilan bog‘lash zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: texnologik madaniyat, ijtimoiy–foydali loyiha, loyiha yondashuvi, texnologik tafakkur, mehnat tarbiyasi, fuqarolik tarbiyasi, service learning.
