“MAORIF” ASARIDA SABR, IXLOS VA TAVOZELIK FAZILATLARINING PEDAGOGIK TALQINI




“MAORIF” ASARIDA SABR, IXLOS VA TAVOZELIK FAZILATLARINING PEDAGOGIK TALQINI


Mualliflar:
Tursunova Nilufar Samiyevna


Annotatsiya Ushbu maqolada Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning “Maorif” asaridagi sabr, ixlos va tavozelik fazilatlari pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur fazilatlar tasavvufiy tarbiya tizimining asosiy axloqiy-ruhiy tayanchlari sifatida talqin etilib, ular zamonaviy pedagogikadagi o‘zini boshqarish, hissiy boshqaruv, ichki motivatsiya, axloqiy tarbiya va xarakter tarbiyasi tushunchalari bilan qiyoslandi. Maqolada sabr shaxsning ruhiy barqarorligi va irodaviy yetukligini, ixlos ichki pok niyat va qadriyatga asoslangan harakatni, tavozelik esa egoizmni jilovlash va ijtimoiy-axloqiy munosabatlarda kamtarlikni shakllantiruvchi pedagogik fazilat sifatida asoslandi. Kalit so'zlar: Maorif, Muhaqqiq Termiziy, sabr, ixlos, tavozelik, tasavvuf pedagogikasi, o‘zini boshqarish, hissiy boshqaruv, xarakter tarbiyasi.