BOSHLANG‘ICH SINFLARDA STEAM KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK SHAKLLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarda STEAM yo‘nalishiga oid ko‘nikmalarni shakllantirishda ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kompleks tarzda tahlil etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini boyitish, balki ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish, ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, STEAM ta’limi integrativ yondashuv sifatida o‘quvchilarning fanlararo bog‘liqlikni anglash, muammolarni mustaqil hal qilish hamda innovatsion fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etishning samarali shakllari sifatida ma’rifiy seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, oilaviy loyihalar, interaktiv tadbirlar hamda raqamli kommunikatsiya vositalaridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Kalit so'zlar: STEAM ta’limi, ota-ona hamkorligi, boshlang‘ich ta’lim, integrativ yondashuv, kompetensiyaviy rivojlanish, innovatsion pedagogika.
