TARIX DARSLARIDA DEBAT ERKINLIGI ORQALI FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH




TARIX DARSLARIDA DEBAT ERKINLIGI ORQALI FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar:
Bozorova Nazokat Mamasoatovna


Annotatsiya Maqolada tarix darslarida debat erkinligi orqali o‘quvchilarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tarixiy tafakkur, demokratik ta’lim, ko‘p nuqtayi nazarli tahlil va dalilga asoslangan argumentatsiya konsepsiyalari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotda debat erkinligi oddiy interaktiv metod sifatida emas, balki o‘quvchilarda fuqarolik pozitsiyasi, demokratik muloqot madaniyati, tarixiy refleksiya, tolerantlik va argumentativ fikrlashni shakllantiruvchi murakkab pedagogik mexanizm sifatida talqin etiladi. Maqolada tarixiy empatiya, ko’p nuqtai nazarlilik, ko’p nuqtai nazarlilik, maslahat demokratiyasi, dalillar asosidagi argumentatsiya, tarixiy manba tanqidi va Dialogik sinfkonsepsiyalari tarix ta’limining zamonaviy metodik imkoniyatlari bilan integratsiyalangan. Shuningdek, tarixiy voqealarni yagona “to‘g‘ri talqin” asosida o‘qitish bilan ko‘p nuqtayi nazarli tarixiy tahlil o‘rtasidagi qarama-qarshilik ilmiy jihatdan ochib beriladi. Kalit so'zlar: tarix ta’limi, debat erkinligi, fuqarolik kompetensiyasi, tarixiy tafakkur, tarixiy empatiya, ko’p nuqtai nazarlilik, source criticism, demokratik ta’lim, argumentatsiya, dialogik sinf.