NAMANGAN SHAHRI SHAHAR MUHITIDA HOSIL BO'LGAN EKOTOPLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI




NAMANGAN SHAHRI SHAHAR MUHITIDA HOSIL BO'LGAN EKOTOPLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Mualliflar:
Tursunaliyeva Intizorxon Roxatali qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada Namangan shahri urban hududlarining ekologik jihatdan differensiallashuvi asosida urban ekotoplar klassifikatsiyasi ishlab chiqildi. Klassifikatsiya antropogen transformatsiya darajasi va yashash muhitlarining ekologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzildi. Tadqiqot davomida urban hududlar kam buzilgan, o‘rtacha buzilgan va kuchli buzilgan ekotoplarga ajratildi. Kam buzilgan ekotoplarga tabiiy quruq va suvbo‘yi hududlari, o‘rtacha buzilgan ekotoplarga urban yashil hududlar hamda transport va agro-urban zonalar, kuchli buzilgan ekotoplarga ruderal, texnogen va industrial hududlar kiritildi. Taklif etilgan klassifikatsiya Namangan shahri urbanoflorasining ekologik tarkibini, sinantropizatsiya darajasini va urban muhitdagi o‘simliklarning tarqalish xususiyatlarini baholashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: urbanoflora, urban ekotoplar, Namangan shahri, antropogen transformatsiya, sinantrop flora, urban ekologiya, ruderal ekotoplar, urban yashash muhiti.