MALAKALI GANDBOLCHILARGA HUJUM TEXNIKASINI O‘RGATISH USLUBIYATI




MALAKALI GANDBOLCHILARGA HUJUM TEXNIKASINI O‘RGATISH USLUBIYATI


Mualliflar:
Boltabayev Sherzod Olimjon o‘g‘li


Annotatsiya Mazkur maqolada malakali gandbolchilarga hujum texnikasini o‘rgatishda kinematik ko‘rsatkichlardan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda harakat tezligi, trayektoriya va vaqt kabi kinematik parametrlar asosida zarba texnikasini takomillashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan hujum samaradorligini oshirishga qaratilgan uch bosqichli mashqlar tizimi (umumrivojlantiruvchi, maxsus tayyorlovchi va to‘p bilan bajariladigan mashqlar) ishlab chiqilgan. Ushbu yondashuv sportchilarning texnik mahoratini oshirish, harakatlarni muvofiqlashtirish, zarba aniqligi va kuchini yaxshilashga xizmat qiladi. Natijada, kinematik tahlil asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar gandbolchilarning individual imkoniyatlarini oshirish va hujum harakatlarini samarali bajarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. Kalit so'zlar: hujum texnikasi, kinematik ko‘rsatkichlar, harakat trayektoriyasi, koordinatsiya.