UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNING SINFLAR BO'YICHA JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH




UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNING SINFLAR BO'YICHA JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar:
Qambarov Orzubek Faxriddinovich


Annotatsiya Ushbu maqola umumta'lim maktablarida o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sinflar bo'yicha aniqlash tizimini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya dasturlarining hozirgi holati tahlil qilinib, xalqaro tajribalar va O'zbekistondagi normativ hujjatlar asosida yangi yondashuvlar taklif etiladi. O'quvchilarning yosh va jins xususiyatlariga moslashtirilgan testlar, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va o'qituvchilar malakasini oshirish orqali tizimni yanada samarali qilish yo'llari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari maktablarda jismoniy tarbiyani rivojlantirish va sog'lom avlod tarbiyalashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Jismoniy tayyorgarlik, umumta'lim maktablari, sinflar bo'yicha baholash, test tizimi, sog'lom turmush tarzi, raqamli texnologiyalar.