YOSHLARNI JISMONIY CHINIQTIRISH VA SPORTDAGI QOBILIYATLARINI NAMOYON ETISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI




YOSHLARNI JISMONIY CHINIQTIRISH VA SPORTDAGI QOBILIYATLARINI NAMOYON ETISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI


Mualliflar:
UmaraIieva Umidaxon Rustamjon qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada zamonaviy globallashuv va raqamlashtirish sharoitida yosh avlodni jismoniy chiniqtirish, ularning sportga bo‘lgan tizimli motivatsiyasini shakllantirish hamda individual-sport qobiliyatlarini yuzaga chiqarishning pedagogik va psixofiziologik omillari tadqiq etilgan. Muallif o‘smirlik davridagi psixologik inqirozlarni bartaraf etishda sport faoliyatining o‘rnini tahlil qiladi. Maqolada yoshlarning jismoniy sifatlarini (tezkorlik, chaqqonlik, muvofiqlashuv) rivojlantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik model va iqtidorli sportchilarni saralab olishning (seleksiya) uch bosqichli tizimi taklif etilgan. Kalit so'zlar: jismoniy chiniqtirish, sport iqtidori, motivatsiya, gipodinamiya, chaqqonlik, tezkorlik, pedagogik model, sport seleksiyasi, psixofiziologik diagnostika.