O‘SMIRLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASHDA JISMONIY TARBIYA VA CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK INTEGRATSIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada o‘smirlarni harbiy xizmatga tayyorlash jarayonida jismoniy tarbiya hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining integratsion ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatga oid zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning metodik asoslari yoritilgan. Muallif tomonidan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining yoshlarni harbiy xizmat davomida uchrashi mumkin bo‘lgan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyorlashdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so'zlar: chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, harbiy tayyorgarlik, pedagogik integratsiya, yoshlar tarbiyasi, Qurolli Kuchlar, harbiy ta’lim, mudofaa, xavfsizlik, vatanparvarlik, jismoniy tayyorgarlik.
