HARAKATLI O‘YINLAR – BOLALARDA BAZAVIY JISMONIY SIFATLAR VA MA’NAVIY FAZILATLARNI RIVOJLANTIRISHNING INTEGRATSIYALASHGAN VOSITASI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada harakatli o‘yinlarning o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy hamda ma’naviy-axloqiy shakllanishidagi o‘rni va ahamiyati tizimli tahlil qilingan. Shuningdek, o‘yin texnologiyalari vositasida bolalarning bazaviy jismoniy sifatlarini (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik) rivojlantirish qonuniyatlari yoritilgan. Maqolada harakatli o‘yinlarning jamoaviylik, vatanparvarlik va ijtimoiy moslashuv kabi axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishdagi pedagogik imkoniyatlari asoslab berilgan. Kalit so'zlar: harakatli o‘yinlar, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, chaqqonlik, dinamik rivojlanish, axloqiy tarbiya, jamoaviylik, sog‘lom turmush tarzi.
