AGATA KRISTINING «KUTUBXONADAGI MURDA» ASARIDA IKKI TOMONLAMA TABIATNING FALSAFIY VA BADIIY TAHLILI




AGATA KRISTINING «KUTUBXONADAGI MURDA» ASARIDA IKKI TOMONLAMA TABIATNING FALSAFIY VA BADIIY TAHLILI


Mualliflar:
Mamadjonova Sevara Maxamadjon qizi


Annotatsiya mazkur maqolada ingliz detektiv adabiyotining yirik namoyandasi bo‘lgan Agata Kristining «Kutubxonadagi murda» asarida ikki tomonlama tabiat masalasi falsafiy va badiiy jihatdan tahlil qilinadi. Asardagi qahramonlarning ichki va tashqi olami, inson xarakteridagi yashirin qirralar hamda axloqiy niqob masalalari badiiy-estetik nuqtai nazardan o‘rganiladi. Tadqiqot davomida yozuvchining psixologik tasvir mahorati, detektiv syujet orqali inson ruhiyatini ochib berish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, asarda yaxshilik va yomonlik, haqiqat va yolg‘on, tashqi ko‘rinish va ichki mohiyat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning falsafiy mazmuni yoritiladi. Kalit so'zlar: Agata Kristi, «Kutubxonadagi murda», detektiv janr, ikki tomonlama tabiat, psixologizm, falsafiy tahlil, badiiy talqin, obraz, inson ruhiyati, syujet.