MALAKALI FUTBOL DARVOZABONLARINING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH




MALAKALI FUTBOL DARVOZABONLARINING TEZKOR-KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar:
Ne’matov Abduvahid Furqat o‘g‘li


Annotatsiya Mazkur maqolada malakali futbol darvozabonlarining tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Tadqiqot davomida darvozabonlarning portlovchi kuchi, sakrovchanligi, tezkor reaksiya qobiliyati hamda maxsus harakat tezligini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot vositalarining samaradorligi o‘rganildi. Tajriba-sinov ishlari asosida ishlab chiqilgan maxsus mashqlar tizimi darvozabonlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sezilarli oshirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari zamonaviy futbol sharoitida darvozabonlarning tezkor-kuch tayyorgarligi sport natijadorligining muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: Futbol, darvozabon, tezkor-kuch sifati, portlovchi kuch, sakrovchanlik, reaksiya tezligi, maxsus jismoniy tayyorgarlik, plyometrik mashqlar, sport mashg‘ulotlari, tezkorlik, koordinatsiya.