OG‘IR ATLETIKACHILARDA MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI




OG‘IR ATLETIKACHILARDA MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI


Mualliflar:
Otabayev Akbar Ilhom oʻgʻli


Annotatsiya Ushbu maqolada malakali og‘ir atletikachilarning 12 haftalik tayyorgarlik va musobaqa oldi sikllarida mashg‘ulot yuklamalarining (ShKS) taqsimlanishi, maxsus va yordamchi mashqlar dinamikasi hamda ularning sport natijalariga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida musobaqa va tizza balandligi darajasidan Siltab ko‘tarish mashqlari, o‘tirib-turishlar, tortish mashqlari hamda sakrovchanlikni rivojlantiruvchi vositalar yuklamalari o‘rganildi. Natijalar yuklamaning yetarli darajada variantli taqsimlanmaganligi, ayrim mashqlarning musobaqa oldi bosqichida kamaytirilishi yoki chiqarib tashlanishi sportchining moslashuv jarayoniga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shuningdek, yuklama hajmining optimal boshqarilishi sport natijasining barqaror o‘sishida muhim omil ekanligi aniqlangan. Kalit so'zlar: Og‘ir atletika, ShKS, mashg‘ulot yuklamasi, periodizatsiya, siltab ko‘tarish, tizza balandligi mashqlari, o‘tirib-turishlar, maxsus yordamchi mashqlar, sport tayyorgarligi, kuch qobiliyati.