BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUVOZANAT SAQLASH QOBILIYATINI MAXSUS MASHQLAR YORDAMIDA SHAKLLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida muvozanat saqlash qobiliyatini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda bolalar organizmining yoshga xos anatomik-fiziologik xususiyatlari, vestibulyar apparatning roli va maxsus ishlab chiqilgan mashqlar majmuasining samaradorligi ilmiy asoslab berilgan. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, tabaqalashtirilgan maxsus mashqlar o‘quvchilarning koordinatsion tayyorgarligini sezilarli darajada oshiradi. Kalit so'zlar: muvozanat, vestibulyar apparat, statik va dinamik barqarorlik, koordinatsiya, boshlang‘ich sinf, jismoniy tarbiya, sensitiv davr, neyromotor apparat
