O‘SMIR O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV VAZIYATLARGA MOS NUTQ USLUBLARINI TANLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI (5–9-SINFLAR MISOLIDA)
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 5–9-sinf o‘quvchilarida kommunikativ vaziyatlarga mos nutq uslublarini tanlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Metodika “kommunikativ vaziyat – nutq uslubi – muloqot madaniyati” uchligi asosida qurilgan bo‘lib, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazarda tutadi. Maqolada kommunikativ vaziyatlarning tipologiyasi, 5–9-sinflar kesimida uslublarni tanlash kompetensiyasini rivojlantiruvchi mashqlar tizimi, shuningdek, metodikaning amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari tavsiflangan. Kalit so'zlar: kommunikativ vaziyat, nutq uslublari, kompetensiya, 5–9-sinflar, o‘smirlar, metodika, mashqlar tizimi
