5-9-SINF O‘QUVCHILARIDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING TIZIMLI-METODIK MODELI (NUTQ USLUBLARINI O‘QITISH ASOSIDA)




5-9-SINF O‘QUVCHILARIDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING TIZIMLI-METODIK MODELI (NUTQ USLUBLARINI O‘QITISH ASOSIDA)


Mualliflar:
O‘rinova Diyora


Annotatsiya Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining 5–9-sinf o‘quvchilarida nutq uslublarini o‘qitish orqali muloqot madaniyatini shakllantirishning tizimli-metodik modeli ishlab chiqilgan. Model bosqichma-bosqich (5–6, 7–8, 9-sinflar) amalga oshirilishini nazarda tutadi va maqsad, mazmun, metodlar, vositalar hamda natija komponentlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada o‘smirlik davri psixologik xususiyatlari, nutq uslublarining turlari (so‘zlashuv, badiiy, ilmiy, publitsistik, rasmiy) va ularning muloqot madaniyatini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Modelning metodik jihatdan asoslanganligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Kalit so'zlar: muloqot madaniyati, nutq uslublari, tizimli-metodik model, 5-9-sinflar, kommunikativ kompetensiya, o‘smirlar