MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi pedagogik va metodik jihatdan yoritiladi. Zamonaviy raqamli ta’lim muhiti sharoitida pedagogning kasbiy muvaffaqiyati nafaqat fan mazmunini bilishi, balki o‘quvchilar, hamkasblar va ota-onalar bilan samarali muloqot qila olishiga ham bog‘liq ekani asoslab beriladi. Maqolada masofaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, unda yuzaga keladigan kommunikativ to‘siqlar, ijtimoiy va didaktik omillar tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: masofaviy ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, muloqot ko‘nikmasi, kommunikativ kompetensiya, elektron ta’lim resurslari, videokonferensiya, forum, mikroo‘qitish, refleksiya, raqamli pedagogika
