KIKBOKSCHILARDA MOTIVATSION OMILLAR VA MUSOBAQA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur tezisda kikbokschilarning musobaqa faoliyatidagi muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi motivatsion omillar, psixologik tayyorgarlikning ahamiyati hamda sportchilar faoliyat samaradorligini oshirish metodikasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida sportchilarning ichki va tashqi motivatsiyasi, murabbiy bilan o‘zaro munosabati, musobaqa oldi ruhiy tayyorgarligi hamda rag‘batlantirish tizimining samaradorlikka ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar asosida kikbokschilar uchun motivatsion tayyorgarlik metodikasi ishlab chiqildi va amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, sportchilarning emotsional holati, ijtimoiy muhit ta’siri, sportchi shaxsining individual xususiyatlari hamda jamoaviy qo‘llab-quvvatlash omillarining sport natijalariga ta’siri chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot davomida motivatsion tayyorgarlikning muntazam qo‘llanilishi sportchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishi, stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi va musobaqa davomida ruhiy barqarorlikni ta’minlashi aniqlandi. Kalit so'zlar: Kikboks, motivatsiya, sport psixologiyasi, musobaqa faoliyati, samaradorlik, sportchi, ruhiy tayyorgarlik, metodika, sport natijalari, murabbiy, psixologik barqarorlik, ichki motivatsiya, emotsional tayyorgarlik, sport pedagogikasi.
