OGʻIR ATLETIKACHILAR MASHG‘ULOT HAJMI VA SHIDDATIDA SPORT NATIJALARI VA KUCH KO‘RSATKICHLARINING O‘SISH DINAMIKASINING TAHLILI




OGʻIR ATLETIKACHILAR MASHG‘ULOT HAJMI VA SHIDDATIDA SPORT NATIJALARI VA KUCH KO‘RSATKICHLARINING O‘SISH DINAMIKASINING TAHLILI


Mualliflar:
H.B.XAKIMOV


Annotatsiya Ushbu maqolada yuqori malakali og‘ir atletikachilarda mashg‘ulot yuklamasining (ShKS) haftalar kesimidagi dinamikasi va uning sport natijalariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish hamda yelkada shtanga bilan o‘tirib turish mashqlari asosida nazorat va tajriba guruhlari faoliyati tahlil qilindi. Mashg‘ulot yuklamasi barqaror, o‘zgaruvchan va progressiv modellarda boshqarilib, ularning sportchilarning texnik va kuch sifatlariga ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ilmiy asoslangan yuklama davrlashtirilishi sport natijalarining barqaror o‘sishiga va funksional tayyorgarlikning yaxshilanishiga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: og‘ir atletika, mashg‘ulot yuklamasi, ShKS, periodizatsiya, kuch tayyorgarligi, texnik mahorat, mikrotsikl, mezotsikl, sport mashg‘uloti, siltab ko‘tarish, dast ko‘tarish.