BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI




BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI


Mualliflar:
Parpiyev Odil Olimovich, Ashurmatova Nilufarxon Nodirjon qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida sun’iy intellektga asoslangan pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida jahon, MDH va o‘zbek olimlarining ilmiy ishlari o‘rganilib, pedagogik kompetensiya, raqamli pedagogika hamda barqaror rivojlanish uchun ta’lim (ESD) konsepsiyalarining o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Empirik tadqiqot doirasida professor-o‘qituvchilar, maktab mentor o‘qituvchilari hamda talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, jami 620 nafar respondentning fikrlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining sun’iy intellekt va yashil pedagogika bo‘yicha bilimlarini oshirish kerakligini tasdiqladi. Tadqiqot asosida sun’iy intellektga asoslangan pedagogik kompetensiyalarning besh komponentdan iborat modeli ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, raqamli pedagogika, yashil pedagogika, barqaror rivojlanish uchun ta’lim, o‘qituvchilar tayyorlash.