TANQIDIY FIKRLASH MALAKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada tanqidiy fikrlash malakasini rivojlantirishda pedagogik innovatsion texnologiyalarning o‘rni va samaradorligi tadqiq etiladi. Muammo asosida o‘rganish (PBL), keys-stadi, teskari taʼlim va munozara usullarini qo‘llash asosida olib borilgan eksperimental tadqiqot natijalari tahlil qilinadi. Tajriba va nazorat guruhlarida olingan natijalar taqqoslanib, innovatsion texnologiyalar talabalar tanqidiy fikrlash ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashi isbotlanadi. Kalit so'zlar: tanqidiy fikrlash, innovatsion texnologiyalar, muammo asosida o‘rganish, keys-stadi, teskari taʼlim, munozara, oliy taʼlim.
